08:45 / 14.09.2015
2782

Amnesty International Rossiyani suriyalik qochqinlarni qabul qilishga chaqirdi

Amnesty International tashkilotining Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Sergey Nikitin ushbu mamlakatni Suriya hamda Yaqin Sharqning boshqa davlatlaridan qochqinlarni qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda u “Govorit Moskva” radiosi efirida aytib o‘tdi.

Nikitinning ta'kidlashicha, “Yevroittifoqdagi hamma davlatlar o‘zlarining zimmasidagi mas'uliyatdan qochmoqchi”.
Shuningdek, mutaxassis qochqinlarni qabul qilishning bugungi tizimi eskirib qolganini aytib o‘tdi.

“Rossiya jahon sahnidagi eng ko‘zda ko‘ringan davlatlardan, lekin u negadir Suriyadan kelayotgan qochqinlar oqimiga joy bermayotgani meni hayratga solmoqda. Bu yerga kelayotgan suriyaliklarning aytishicha, sudlar ularga qochqin maqomini bermayapti”, - qo‘shimcha qildi u.

Top