Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya o‘z chegaralarini qo‘riqlovchi askarlar sonini oshiradi
Avstriya kansleri Verner Fayman mamlakat chegaralarini qo‘riqlash choralari kuchaytirilishini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida chegaradagi politsiyachilarga yordam berishi uchun yana 2 ming nafar askar tayyorlanib, janubga jo‘natiladi.
O‘z navbatida vitse-kansler Raynxold Mitterlener bu chorani to‘la qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.
"Agar Germaniya chegaralarida nazoratni kuchaytiradigan bo‘lsa, Avstriya ham shu yo‘ldan boradi. Qochqinlarning asosiy qismi bir necha kundan keyin Vengriya orqali emas, Slovakiya, Sloveniya va Xorvatiya orqali yurishni boshlashi mumkin. Biz bunga tayyorlanayapmiz", deydi u.
13 sentabr kuni Germaniya Avstriya bilan chegarasida pasportlarni tekshirish jarayonini qat'iylashtirgandi. Bundan maqsad Germaniya hududiga "Bolqon yo‘li" orqali kirib kelayotgan muhojirlar oqimini qisqartirish hisoblanadi.