Jahon | 20:47 / 14.09.2015
6836
2 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: Rossiya Bashar Asadning hokimiyatdan chetlatilishi bo‘yicha muzokaralarda qatnashmoqda

Bloomberg axborot agentligida yozilishicha, bir necha oydan buyon Bashar Asadni Suriya rahbarligidan olib tashlash masalasi muhokama qilinmoqda va bu jarayonda Rossiya ham ishtirok etmoqda.

Manbada yozilishicha, bu masala bo‘yicha muzokaralarni Rossiyadan tashqari, Saudiya Arabistoni, AQSh va Suriya muxolifati olib bormoqda.

Xabarda aytilishicha, bunday muzokaralar shu yilning iyun oyida boshlangandi.

Iyun oyida Bloomberg nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva shahrida Saudiya Arabistoni shahzodasi Muxammad bin Nayif bin Abdul Aziz Ol-Saudni qabul qilishini ruslarning Bashar Asadga qarshi kampaniyaga qo‘shilishi sifatida baholagandi.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, Saudiya Arabistoni Suriyaning Yaqin Sharq hududidagi eng katta dushmani hisoblanadi.
Manbalarda yozilishicha, ayni vaqtda Rossiya va AQSh Bashar Asadga ega bo‘lgan Suriya va Bashar Asadsiz Suriya variantlari ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan oldinroq, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriyadagi jangarilarga qarshi Asad boshchiligidagi hukumatgina munosib tura olishi haqida aytgandi. Keyinchalik, bunday fikrni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ham ta'kidlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish