Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daily Mail: "Chelsi" futbolchilari Yeva Karneyroning jamoadan ketgani uchun Mourinodan norozi bo‘lishmoqda
"Chelsi" klubi futbolchilari va xodimlari shifokor Yeva Karneyroni ishdan chetlatgani uchun bosh murabbiy Joze Mourinodan norozi bo‘lishmoqda.
Daily Mail nashrida xabar qilinishicha, futbolchilar Karneyroni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Qolaversa, ular o‘yinlarga kayfiyatsiz holda tushishmoqda. Shu sababli Mourino ularni g‘alabaga unday olmayapti.
Qayd qilinishicha, Yeva Karneyro tomonida nafaqat futbolchilar, balki ularning rafiqalari va "Chelsi" xo‘jayini Roman Abramovichning turmush o‘rtog‘i Darya Jukova ham turibdi. Shunday bo‘lsada, Joze Mourino Karneyrodan uzr so‘rashni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" joriy mavsumda Angliya chempionatida o‘tkazilgan 5ta uchrashuvdan 3tasida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqa jadvalida 17 o‘ringa tushib ketdi.