05:51 / 14.09.2015
4728

Yevropa yetakchilari Eronni Isroilni davlat sifatida tan olishga chaqirdilar

Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Eron bilan kelishuvga erishish Tehron tomonidan Isroilning tan olinishi uchun imkoniyat ochadi, deb hisoblamoqda Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland va Buyuk Britaniya bosh vaziri  Devid Kemeron.

“Bu muhim lahzadir. Hozirgi dunyodagi noaniqlik sharoitida nimalarga diplomatik yo‘l bilan erishish mumkinligini namoyish qilish imkoniyati paydo bo‘ldi”, deyilmoqda Yevropa yetakchilarining The Washington Post nashrida chop etilgan qo‘shma maqolasida.

Ular Eron tomonidan Isroil davlatining tan olinmasligini “nomaqbul” deb hisoblamoqdalar va Tehron pozitsiyasini tanqid qilmoqdalar.

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya yetakchilarining fikricha, Eron bilan katta kelishmovchiliklarga qaramasdan, “IShID” terrorchilik guruhidan solinayotgan terrorchilik xavfiga qarshi kurash kabi umumiy qiziqishlar ham bor.

Top