Jahon | 09:15 / 14.09.2015
2174
2 daqiqa o‘qiladi

"Fukusima-1" AESida birinchi marta radiatsiyadan tozalangan 850 tonna suv okeanga quyildi

Yaponiyaning “Fukusima-1” AESida radioaktiv moddalardan tozalangan suvni okeanga quyish bo‘yicha ishlar birinchi marta amalga oshirildi. Bu haqda Tokyo Electric Power (TEPCO) energokompaniyasi ma'lum qildi.

Hammasi bo‘lib okeanga o‘tgan yili tortib olingan 850 tonna yer osti suvlari quyildi. TEPCO ma'lumotlariga ko‘ra, suv tozalangandan keyin undagi radioaktiv moddalar darajasi me'yorda qolmoqda. Xususan, tritiy darajasi bir litr suvga 1,5 ming bekkerel me'yorida 330-600 bekkerelni tashkil qilmoqda.

Hammasi bo‘lib okeanga 4 ming tonna suv quyish rejalashtirilgan. TEPCO uzoq davom etgan muzokaralardan keyin Fukusima baliqchilik sohasi vakillaridan tegishli ruxsatni olishga muvaffaq bo‘ldi.

Radioaktiv suvning to‘planishi muammosi stansiyadagi likvidatorlar uchun eng jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Yer osti suvlari reaktorlar binolariga kirib, u yerda yuqori radioaktiv suv bilan aralashib ketadi. Har kuni atom elektr stansiyasidagi zararlangan suv miqdori 300 tonnaga ko‘payib bormoqda. TEPCO suvni tortib olish va tozalangan suvni okeanga quyish hisobiga bu miqdorni 2 barobarga kamaytirishni mo‘ljallamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish