Jahon | 17:32 / 14.09.2015
3981
2 daqiqa o‘qiladi

Global Times: AQSh Yevropadagi migratsion inqiroz tufayli o‘z mavqeidan judo bo‘ladi

AQShning Yevropaga Suriyadan kirib kelayotgan qochqinlar oqimini nazoratga olish borasida hech qanday yordam bermayotgani uning xalqaro mavqeiga putir yetkazmoqda, deb hisoblaydi The Global Times nashri.

Inqiroz boshlanganidan buyon AQSh 1.5 ming qochqinni qabul qildi. Prezident Barak Obama 2015 yil oxiriga qadar yana 10 ming suriyalik qochqinni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish borasida ko‘rsatma berdi.
Aytilishicha, Vashington shu yo‘l bilan yevropalik ittifoqchilarini ko‘proq qochqinlarni qabul qilishga chaqirmoqda.

Bu inqiroz chog‘ida o‘zini ko‘rsatish maqsadida Germaniya 800 ming qochqinni qabul qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bu boshqa mamlakatlar o‘zlari uchun belgilab olgan qabul chegaralaridan ancha ko‘pdir. Mamlakat kansleri Angela Merkelning ta'kidlashicha, qochqinlarning bunday miqdorda tashrif buyurishi mamlakatning qiyofasini o‘zgartirib yuboradi.

“AQSh ortidan ergashib, Suriyani “jazolash”ga intilarkan, Yevropa davlatlari o‘zlarining bunday og‘ir tanlov oldida qolishini bilmagan bo‘lsalar ehtimol”, - xulosa qiladi maqola muallifi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish