Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google kompaniyasi Hyundai`ning sobiq bosh direktorini ishga yolladi
Google Jon Kravchikni avtomobillar bo‘limi rahbari sifatida rasman tanishtirdi. Kravchik sentabr oyining oxirida ishga kirishadi.
Hyundai kompaniyasining sobiq rahbari Google kompaniyasiga ishlab chiqarish sohasida emas, kompaniyaning boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorligi masalalarida yordam berishi ko‘zda tutilgan.
Kompaniya boshqaruvchisiz harakatlanadigan avtomobillar loyihasini o‘z ichiga olgan labaratoriyani (Google X) 2009 yilda ishga tushirgandi.
Ma'lumot uchun, Jon Kravchik 2008 yildan 2013 yilgacha Hyundai Motor America kompaniyasida ishlagan, undan oldin esa 14 yil davomida Ford kompaniyasida faoliyat ko‘rsatgandi.