Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 saralashi. Bahrayn - O‘zbekiston o‘yinini yaponiyalik hakam boshqaradi
JCh-2018 va OK-2019 saralashining 2-bosqichi 5-turi doirasida Bahrayn va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasida kechadigan uchrashuvni yaponiyalik hakam Tojo Minora boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqida O‘FF rasmiy saytida xabar berib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 8 oktabrda, Manama shahrida bo‘lib o‘tadi. Minoruga qanotlarda hamyurtlari Nagi Toshiyuki va Sindzi Ochi yordam beradi. Zaxira hakami sifatida bangladeshlik Mizanur tayinlangan.
JCh-2018 saralashi
5-tur
Bahreyn - O‘zbekiston
Bosh hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)
Yordamchilar: Nagi Toshiyuki (Yaponiya), Sinzi Ochi (Yaponiya)
Inspektor: Abdulrahmon Alzeid (Saudiya Arabistoni)
Komissar: Maykl Bordallo (Guam)