Jahon | 08:02 / 14.09.2015
1673
2 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari 100dan ortiq uyni kulga aylantirdi

AQShning Kaliforniya shtatidagi Middlton va Kobb shaharlariga ta'sir qilgan o‘rmon yong‘inlari katta talofatlar olib kelishda davom etmoqda. Reyter nashrida yozilishicha, yong‘inlar 100dan ortiq uyni o‘z domiga olgan.

Hududda ish olib borayotgan o‘t o‘chiruvchi guruh vakili Deniel Berlantning aytishicha, ayni vaqtda yong‘inlar yetkazgan zararni aniq hisoblashning imkoni yo‘q.

Shtat gubernatori Jyerri Braun Leyk va Napa okruglarida favqulodda holat joriy qilgan.

Bundan oldinroq, iyul oyidagi chaqmoqdan keyin AQShning shimolida tarqalgan va davom etayotgan yong‘inlar tufayli Kaliforniyaning San-Anreas shahri aholisi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.

Xabar qilinishicha, AQSh g‘arbida shu yili ro‘y bergan o‘rmon yong‘inlarini bartaraf qilish ishlari uchun sarflangan xarajat miqdori 1,23 mlrd dollardan oshib ketdi. Bu esa 2002 yildagi rekord natijaga (1,65 mlrd dollar) yaqin qolganini ko‘rsatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish