Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madinadagi ziyoratchilar ko‘rsatilayotgan xizmatlardan mamnunligini bayon qilishdi
Shu yil 3 sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportidan muborak diyorga – Payg‘ambarimiz (alay his-salom) yurtlariga hojilarning ilk karvoni jo‘nab ketgan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portalida Madinai munavvaradagi ziyoratchilarimizning bir guruhi bilan suhbat e'lon qilindi. Ular safar taassurotlari, muborak zamindagi qulay shart-sharoitlar haqida so‘zlab berishdi.
Tashakkur aytamiz
– Alhamdulillah, Madinai munavvaradagi muborak amallarni qulay sharoitlarda bajardik. Duolarimizda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, farzandlarimiz baxt-saodati, sog‘-salomatligini so‘radik. Sharoitlarimiz barcha havas qilgulik darajada bo‘ldi. Bizga xizmat ko‘rsatganlarga tashakkur aytamiz. Ilohi, hojilarimiz soni bundan-da ko‘paysin, dinimizning asosiy arkonlaridan bo‘lgan haj amalini ado etish barchaga nasib etsin!
Toshkent viloyati 1-guruhi hojilari A.Mahkamov, A.Qurbonov, T.Nurmatov, A.Qunishev, E.Shomirzayev.
Namunali xizmat
– Allohga beadad shukr, riz qimiz qo‘shilgan ekan, mana haj ibodatini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga keldik. Mutasaddi rahbarlardan, ishchi guruhi va ellikboshilardan minnatdormiz. Har bir ziyoratchi e'tiborda, muntazam xolimizdan xabar olib turilibdi. Shifokorlar murojaatimizni mamnuniyat bilan ado qilishmoqda. Oshpazlarimiz tayyorlagan milliy taomlarimiz, o‘zimizni huddi yurtdagidek his qilishimizga omil bo‘lmoqda. Xullas, bizga juda namunali xizmat ko‘rsatilmoqda.
Surxondaryo viloyati ziyoratchilari Xamidov Qudrat, Saidov Xurram, Eshqobilov Isoq, Usmonov Ibrohim, Pardayev Nurmamat va boshqalar.
Ulug‘ zamin zavqi
– Ayolim bilan birga haj ibodatini ado etish uchun keldik, yaxshi taassurotlar olib, ko‘nglimiz nurga to‘lmoqda. Dinimizning beshigi bo‘lgan Madina shaharlaridagi tarixiy joylarga ziyoratga chiqdik. Ayniqsa, Masjidi Nabaviyda namozlarimizni ado etmoqdamiz. Nabiy alayhissalomning ushbu masjidda o‘qilgan bir rakaat namoz ming rakaatga teng, degan hadislarini eshitib ibodatlarimizni yanada ko‘paytirdik. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salom berdik va qavmu qarindoshlar, yaqinlar tomonidan Rasulullohga salom aytish omonat qilib topshirilgan edi, uni yetkazdik.
Mana shunday muborak maskanlarni ziyorat qilish baxtiga muyassar bo‘lganimiz uchun Yaratganga shukronalar aytmoqdamiz.
Qashqadaryo viloyati 1-guruh ziyoratchici Qayumov Suyun
Komiljon Burhonov yozib oldi,
Madina shahri
Manba. muslim.uz