Jahon | 11:02 / 14.09.2015
1873
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada Bangkokdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 3 kishi hibsga olindi

Malayziya hukumati Bangkokdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 3 kishi hibsga olingan.

Milliy politsiya boshlig‘i Xolid Abu Bakrning aytishicha, hibsga olinganlarning 2 nafari Malayziya fuqarosi hisoblanadi, yana biri esa Pokiston fuqarosi.

Biroz oldinroq, Tailanddagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 27 yoshli xitoylik qo‘lga olingandi.

Eslatib o‘tamiz, Tailand poytaxti markazidagi kuchli portlash natijasida 20 kishi (ular orasida xorijliklar ham bor), halok bo‘lgan, 110 kishi jarohatlangan edi. Jabr ko‘rgan sayyohlarning aksari xitoyliklardir. Portlash terrorchilik harakati sifatida qayd etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish