17:04 / 14.09.2015
11402

"Mashhura" firmasida tashkil etilgan ko‘rgazma belgiyaliklar delegatsiyasini lol qoldirdi

11 sentabr kuni Toshkent shahridagi "Mashhura" firmasida O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda O‘zbekistonda xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi tashabbusi bilan mamlakat madaniy va iqtisodiy hayotidagi faolligini kuzatish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan belgiyaliklar delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Mehmonlar uchun, o‘quvchilar tomonidan liboslar ko‘rgazmasi va san'atkorlar tomonidan konsert dasturi uyushtirildi. Shuningdek, mehmonlar o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan pishiriq va taomlardan tatib ko‘rib, o‘z baholarini berishdi.


Qayd etilishicha, o‘quvchilar o‘z qo‘li bilan qisqa muddatda yaratgan amaliy hunarmandchilik namunalari, qandolatchilik mahsulotlari, milliy va Yevropa taomlari hamda zamonaviy liboslar bilan mehmonlarning hayratlari va olqishlariga sazovor bo‘lishdi.


Ma'lumot uchun, “Mashhura” firmasi – O‘zbekiston xalqi ishonchini qozongan va yoshlarga hayotda zarur bo‘lgan hunarlarni o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi o‘quv markazidir.
Markaz o‘z faoliyatini 1994 yildan 5ta o‘quv kursi bo‘yicha yoshlarga hunar o‘rgatishdan boshlagan. 2000 yilda kurslar soni 11taga yetgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 22tani tashkil etadi. Firma qoshidagi filiallarda «Mashhura» o‘quv kurslarini tamomlagan, O‘zbekistonda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida bilimlarini mustahkamlagan mutaxassislar ta'lim berishadi.
Firmaning Samarqand shahridagi filiali yetakchi mutaxassisi Dilfuza G‘afforova «Tashabbus-2006» ko‘rik-tanlovida qatnashib, maxsus diplom bilan takdirlangan.
Markazda hunar o‘rgatishdan tashqari, o‘zbek ayollarining ma'naviy kamolotini yuksaltirishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Ko‘plab taniqli adiblar va san'atkorlar bilan uchrashuvlar, ko‘ngilli dam olishlar uchun konsertlar tashkil etiladi.


Hozirgi kunda "Mashhura" firmasi 30dan ortiq kasb-hunarga yo‘naltiruvchi o‘quv kurslarini tashkil qilgan. Super-kelinchak kurslari, oila psixologiyasi, kompyuterda liboslarni modellashtirish va bir qator turdagi stilistik kurslar shular jumlasidandir.
Respublikaning barcha viloyatlarida firmaning o‘z filiallari mavjud.

Top