Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika hukumati o‘zining 2 nafar fuqarosi Misrda halok bo‘lganini tasdiqladi
Meksika tashqi ishlar vazirligi Misrda sayohlarga politsiya tomonidan o‘t ochilishi tufayli 2 nafar meksikalik halok bo‘lganini tasdiqladi.
Meksika elchisi Misrdagi shifoxonaga kelgan va hujum natijasida jarohatlanganlarni ziyorat qilgan.
Meksika prezidenti Enrike Perya Neto Misr hukumatidan bu hodisa bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilishi va aybdorlar jazolanishini talab qilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu hodisa tufayli sayyohlar guruhidagi 12 kishi halok bo‘lgan va 10 kishi jarohatlangan.
Bundan oldinroq, Misr politsiyasi xorijlik sayyohlar guruhini jangarilar guruhi deb o‘ylab, ularga o‘q yog‘dirgani xabar qilingandi.