Jahon | 17:24 / 14.09.2015
5353
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar: keyingi 2 yil tarixdagi eng issiq palla bo‘ladi

Keyingi 2 yil tarixdagi eng issiq palla bo‘lishi mumkin. Bu haqda Britaniya meteobyurosi chop etgan hisobotda aytildi.
Harorat oshishi karbonat angidridning havoga tashlanishi miqdorining oshishi va tabiiy okeanik jarayonlar omuxtaligi natijasida yuzaga kelmoqda.

Bu jarayonlardan eng muhimi El Nino deb atalib, Tinch okeani ekvatorial qismi suvining yuqori qatlami haroratining oshishidan iboratdir.
Shu bilan birga, olimlarning ta'kidlashicha, Atlantika okeani yuzasida boshqacha jarayonlar sodir bo‘lmoqda, bu jarayonlarning qay biri ustunlik qilishi oqibatda kelajakdagi jarayonlarni belgilab beradi.

“Bu Yer iqlimi uchun muhim burilish pallasidir, negaki bir vaqtning o‘zida shuncha o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda”, - ta'kidladi loyiha boshlig‘i professor Adam Skeyf.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish