20:54 / 14.09.2015
6758

O‘zbekistonda dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan suzuvchi pontonlar loyihalandi

O‘zbekistonlik kimyogar olimlar tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq qilinishi yiliga yuzlab mlrd so‘m tejashga imkon bermoqda. 

Shunday samarali ixtirolardan biri – neft mahsulotlarining rezervuarlarda bug‘lanishi va to‘satdan yonib ketishining oldini olish uchun takomillashgan konstruksiyadagi pontonlar bo‘ldi. Jahon statistik ma'lumotlariga ko‘ra, gaz kondensati va neft mahsulotlarning bug‘lanishdan ko‘riladigan yo‘qotishlar qayta ishlanayotgan xomshashyo umumiy hajmining 0,5-1,7 foizini tashkil qiladi.

O‘zbekistondagi neft rezervuarlari odatda issiq cho‘l hududlarida joylashgani sabab bu me'yorlar ko‘proqni – 1-3 foizni tashkil qiladi va bu muammoni hal qilishning davlat uchun qanchalik dolzarbligini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va nororganik kimyo institutida dastlabki tajribalar va qo‘yilgan vazifalarni hal qilish yo‘llarini qidirish bo‘yicha ishlar o‘tkazildi. Natijada O‘zbekistonda polietilentereftalatdan dunyoda analogi bo‘lmagan yangi suzuvchi pontonlar loyihalandi va ularni tayyorlash texnologiyasi yaratildi.
Yangi konstruksiyadagi polietilentereftalat ponton yongil uglevodorodlarning neft mahsulotlari bug‘lanishi sababli va qabul qilish, chiqarish, saqlashda yo‘qotilishini bartaraf etish va rezervuarlardagi to‘satdan chiqqan yong‘inni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Bunday ponton maxsus yong‘inga qarshi, portlashga xavfsiz aralashma va inert gaz bilan to‘ldiriladi.

Uning afzalligi shundaki, u rezervuardagi suyuq gaz kondensatini 98 foizga qoplaydi va demak, deyarli uglevodorodlarning bug‘lanishi uchun bo‘sh joy qoldirmaydi. Bundan tashqari, pontonning har bir alohida elementida yong‘inni o‘chirish bo‘yicha texnik yechim ko‘zda tutilgan.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari sifatida polietilentereftalat pontondan neft mahsulotlari saqlanuvchi rezervuarlar uchun suzuvchi ponton yaratish texnologiyasi yaratildi. Pontonning ko‘rinishi belgilab olindi, ponton elementlarini quyish usuli bilan tayyorlash uchun press-qolip tayyorlandi, kerakli uskunalar xarid qilindi.
“Rezervuarlar uchun ponton qurilmasi” sanoat namunasiga patent olindi. 2000 kvadrat metr hajmga ega bir rezervuarda yengil uglevodorodlarni tejab qolish texnologik samarasi yiliga 240 tonnani tashkil qiladi.

Pontonning tajribaviy partiyasining tajriba-sanoat sinovlari “Qarshi neft bazasi” UK, “Muborak GQIZ” AK, “Sho‘rtanneftgaz” AKda o‘tkazildi.

Top