12:48 / 14.09.2015
3661

Politsiya xodimiga o‘q uzgan rossiyalik o‘zini granata yordamida portlatib yubordi

Rossiyaning Yaroslavl shahrida politsiya qismiga o‘q uzib, bir politsiyachining o‘limiga, yana birining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan erkak kishi yakunda granata yordamida o‘z-o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi press-relizida ma'lum qilindi.

Jinoyatchi huquqni himoya qilish organlari xodimlari tomonidan avtomobillarning olib qochilishini bartaraf etish bo‘yicha profilaktik amaliyot chog‘ida hujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatilgan. “Qo‘lga olish jarayonida 31 yoshli Yaroslavl fuqarosi o‘q otar qurol bilan o‘t ochib, faol qarshilik ko‘rsatgan va yakunda o‘zini yonida olib yurgan granata bilan portlatib yuborgan”, – deyiladi xabarda.

Voqea dushanba, 14 sentabr kuniga o‘tar kechasida Yaroslavl politsiyasi avtomobillarning olib qochilishi va o‘g‘irlanishi bo‘yicha profilaktik reyd olib borayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Jinoyatchi uzgan o‘qdan 24 yoshli politsiya leytenanti halok bo‘lgan, 38 yoshli mayor jarohatlangan.
Hodisa joyida kriminalistlar ish olib bormoqda.

Top