Jahon | 06:41 / 14.09.2015
2745
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukrainada katta miqyosda demobilizatsiya jarayoni ketayotganligini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko “112 Ukraina” telekanaliga bergan intervyusida Ukrainada katta miqyosda harbiy xizmatdan bo‘shatish jarayoni ketayotganini ma'lum qildi.

“Hozir katta miqyosda demobilizatsiya ketmoqda. Men shu kunlarda uylariga qaytayotgan erkaklarni tabriklayman. Men kimdir bir yil, kimdir 9 oy davomida o‘z otalari, turmush o‘rtoqlari, o‘g‘illarining uyga qaytishlarini kutgan va ularni yana ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lganlarni tabriklayman. Va men o‘z burchini ado etib, Ukrainani himoya qilgan bu ukrain qahramanlariga juda minnatdorman”, deb aytdi Poroshenko.   

Poroshenko, shuningdek, demobilizatsiya jarayonini boshlash haqidagi buyruq u tomonidan 2 sentabrda Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi va Mudofaa vazirligiga berilganini qo‘shimcha qilib o‘tdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish