23:46 / 14.09.2015
3292

Suriyalik qochqin Gretsiyaga suyukli mushugi bilan keldi

Suriyalik qochqin Gretsiyaning Lesbos oroliga o‘zining suyukli mushugi bilan keldi, deb yozmoqda Huffington Post nashri. Yevropaga dengiz orqali kelgan, bag‘riga mushugini bosib turgan ekrakning rasmi Twitter’da juda ommalashib ketdi va uning qaytadan chop etilishi virus ko‘rinishini oldi.

Nashr muhojirning ismini keltirmagan, biroq mushukning laqabi Zaytun ekanligini ma'lum qilgan. Uning egasi mushukni Gretsiyaga bir parcha matodan yasalgan yo‘rgakda olib kelgan. Mushuk sayohatdan keyin o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Huffington Post nashri ushbu surat kim tomonidan birinchi marta chop etilganiga aniqlik kiritmagan. Biroq nashrning yozishicha, surat Gretsiyaning Protothema yangiliklar saytida chop etilgandan keyin internet-foydalanuvchilar va xalqaro OAVlar e'tiborini jalb qilgan. Sayt tahririyati bu surat “gumanitar fojiani insoniyroq o‘lchovda ko‘rsatishini” ta'kidlab o‘tdi.

Top