16:21 / 14.09.2015
3753

Tojikistonda Kabiriy oilasiga tegishli obektlar muhrlandi

O‘tgan yakshanba kuni Dushanbeda Islom uyg‘onishi partiyasi yetakchisi Muhiddin Kabiriyga va uning yaqinlariga tegishli obektlarda tintuv o‘tkazildi. Bu haqda partiya vakillari xabar bermoqda.

Aytilishicha, tintuv o‘tkazgan komissiya tarkibiga bosh prokuratura va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xodimlari kirgan. Mol-mulkidan judo qilingan odamlar bu borada tayinli tushuntirish ololmagan.
Tintuv o‘tkazilgan obektlar orasida qurilish kompaniyasi, salfetka ishlab chiqaruvchi sex, “Dialog” markazi ofisi bor. Tintuv jarayonida operativ s'yomka jarayonlari amalga oshirilgan.

Tintuv o‘tkazilgach, barcha obektlar muhrlangan.
Eslatib o‘tamiz, Islom uyg‘onishi partiyasi oxirgi bir oy davomida Tojikiston hukumati tomonidan qattiq bosim ostiga olinib, oxir-oqibat uning faoliyati man qilindi.

Top