Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:37 / 14.09.2015
4255
1 daqiqa o‘qiladi
"Tolibon" jangarilari G‘aznadagi qamoqxonadan mahbuslarni chiqarib yubordi
"Tolibon" jangarilari Afg‘oniston shimolidagi G‘azna shahrida joylashgan qamoqxonaga hujum uyushtirdi va yuzlab mahbuslarni ozod qildi.
Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hujum vaqtida qo‘riqchilar o‘ldirilgan.
Shuningdek, jangarilar qamoqxona darvozasini buzib ochish uchun, darvoza oldida mashina portlatishgan.
Jangarilar tomoni ma'lumotiga ko‘ra, qamoqxona devorlari buzilgan va mahbuslarning barchasi ozodlikka chiqarilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish