Jahon | 20:06 / 14.09.2015
6977
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Erdo‘g‘anning "tobut bilan selfisi"ni tarqatgan jurnal muharriri hibsga olindi

Turkiyadagi Nokta jurnali o‘zining navbatdagi soni muqovasiga mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqortlovchi suratni joylashtirganidan keyin taqiqlab qo‘yildi.

Ma'lum qilinishicha, jurnal muqovasida fotoshop orqali ishlangan "tobutlar fonida jilmaygan holda selfi olgan Erdo‘g‘an" surati joylashtirilgan edi.

Shundan so‘ng, Turkiya politsiyasi jurnalning Istanbul shahridagi ofisiga 2 marta tashrif buyurgan va tintuv o‘tkazgan.

Ayni vaqtda jurnalning ushbu sonining barcha nusxalari savdodan qaytarib olingan, jurnalning tvitterdagi akkaunti ham to‘sib qo‘yilgan. Jurnal bosh muharriri esa hibsga olingan.

Shuningdek, jurnalga "terrorchilikni tashviq qilish" va "mamlakat prezidentini haqoratlash" ayblari qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, bu orqali jurnal mualliflari bu tashabbus orqali kurdlar tomonidan o‘ldirilayotgan askarlarga e'tibor qaratishgan.

Jurnalda Erdo‘g‘an nomidan "Shahid bo‘lgan askarlarning oila a'zolari bundan faxrlanishi kerakligi" aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish