07:45 / 14.09.2015
2736

Utkin «Match TV» telekanalida ishlashini ma'lum qildi

Rossiyalik taniqli sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin «Match TV» telekanalida ishlashi haqida ma'lum qildi.

"Men o‘z kasbimni tashlamaslikka qaror qildim. «Match TV» telekanalida ishlayman, lekin bu yerda hech qanday lavozimda bo‘lmayman.
O‘zim uchun ishlayman, o‘zimga yuklatilgan vazifanigina bajaraman. Aleksandr Vronskiy meni o‘zi bilan ishlashga ko‘ndirdi va biz "besh tashashdik". Men endi yana sharhlovchiman", deb yozadi Utkin saytidagi blogida.

Bundan oldinroq, NTV Plyus Futbol telekanalida bo‘lim muharriri bo‘lib ishlagan Utkin, bu telekanal o‘rnida tashkil etilayotgan «Match TV» telekanali bosh prodyuseri Tina Kandelaki bilan murosa qila olmayotgani tufayli, ishni tark etib, pensiyaga chiqishini aytgandi.

Undan oldinroq, Vasiliy Utkin “Match TV” telekanalining bosh prodyuseri etib tayinlangan Tina Kandelaki rahbarligida ishlash sharmandali deb hisoblashini ma'lum qilgandi.

Yangi «Match TV» telekanali faoliyati shu yilning 1 noyabrida yo‘lga qo‘yiladi.

Top