15:20 / 14.09.2015
4094

Xitoyda zombi kompaniyalarga qarshi kurash boshlandi

Xitoy hukumati davlat korporatsiyalarida keng miqyosli isholotlar o‘tkazilishini ma'lum qildi. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat sektoriga xususiy kapitalni jalb qilish va zombi kompaniyalarga qarshi kurashdir. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Zombi kompaniya deb Xitoyda bankrotlik yoqasida turgan va davlatning doimiy moliyaviy yordamiga muhtoj bo‘lgan korxonalar aytiladi. Hukumatning dasturi bu turdagi 10 minglab korxonalarni tugatishga qaratiladi.

Shuningdek, aktivlarni nazorat qilish va boshqarish davlat komissiyasi (SASAC) ham reorganizatsiya qilinadi.

Top