Xonanda Bahriddin Zuhriddinov o‘z konsertiga "Ranvir" obrazi ijrochisi bo‘lgan aktyorni taklif qildi
"Opang qani" taronasi bilan barchaga tanish bo‘lgan xonanda Bahriddin Zuhriddinov joriy yilning 1-2 noyabr sanalarida "Jo‘shqin qalbim sadosi" nomli ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislar e'tiboriga havola etish ustida ishlamoqda.
Kontsertda yangi taronalar premerasi, kutilmagan duetlar va albatta jonli ijrodagi qo‘shiqlar kuylanishi rejalashtirilgan.
Eng shov shuvli yangiliklardan biri bu konsertda ayni kunda o‘zbekistonlik teletomoshabinlar o‘rtasida mashhurlashib ketgan "Senga oshiqman" (Ishani) serialida bosh rolni ijro etgan (serialda Ranvir obrazini gavdalantirgan) Shakti Arora konsertda ishtirok etishi ma'lum qilindi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, konsert dasturida Bahriddin Zuhriddinov va Shakti Arora aynan serial saundtrekini duet tarzida kuylashi rejaga kiritilgan.
Kontsert ma'muriyati xabariga ko‘ra, joriy yilning sentabr oyi oxirida Shakri Arora yurtimizga norasmiy tarzda tashrif buyurib, sayohat qilishi mumkin.
Bahriddin Zuhriddinov konsertining faxrli mehmoni tashrifi uchun jiddiy tayorgarlik olib bormoqda, Sadulla Abdullayev konsert rejissyori sifatida ish olib bormoqda.