00:12 / 15.09.2015
2140

“Lukoyl” Erondagi neft-gaz loyihalarida ishtirok etishga tayyorligini ma'lum qildi

Rossiyaning “Lukoyl” neft-gaz kompaniyasi Erondan sanksiyalar olingandan keyin bu davlatdagi neft-gaz loyihalariga investitsiya qilishning boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda kompaniya prezidenti Vagit Alekperov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Alekperov Eron “Lukoyl” uchun strategik mintaqa hisoblanishini va unda Eron neft vazirligi bilan neft saqlovchi viloyatlarni o‘rganish bo‘yicha kelishuv borligini ma'lum qildi. “Men yaqin orada Tehronga tashrif buyurishim mumkin”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Alekperov.

Alekperov kompaniya Erondan sanksiyalar olinishi bilan bu yerda faol investitsion siklni amalga oshirish uchun geologik va texnologik tomondan hammadan ko‘proq tayyor bo‘lishga umid bildirdi.

Bundan avval “Lukoyl”ning Erondagi idorasi qaytadan ishlashni boshladi. Kompaniya birinchi vitse-prezidenti Ravil Maganovning aytishicha, Erondan sanksiyalar batamom olingandan keyin kompaniya Erondagi turli loyihalarda, xususan Anaran loyihasida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Top