20:26 / 15.09.2015
3540

Amir Xan Pakyao bilan jang qilishga ishonmoqda

28 yoshli britaniyalik Amir Xan o‘zining navbatdagi jangini sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni 36 yoshli filippinlik Menni Pakyaoga qarshi o‘tkazishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida Pakyao Londonga kelib Xan bilan mazkur jang borasida suhbatlashgan. Ammo Pakyao kichik Floyd Meyvezer bilan jangga imzo chekkan. Shunday bo‘lsada, Xan hamon Pakyao bilan jang bo‘lishiga umid qilmoqda..

– Umid qilamanki, mening keyingi jangim Pakyao bilan bo‘ladi, – deydi Xan.

– Bu jang bo‘lishiga ishonaman. Bizning jang oddiy janglardan emas. Ikkimiz ham urishishni xohlaymiz, qolgan barchasi promouterlarimizga bog‘liq.

 

Manba: sports.uz

Top