Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bosh prokuraturasi FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha yangi hibsga olishlarni e'lon qildi
AQSh bosh prokurori Loretta Linch yaqin orada FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha yangi hibsga olishlar bo‘lib o‘tishi kutilayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
“Tergov faol bosqichda turibdi va may oyidan beri ancha kengaydi. Shu tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha ayblovlar qo‘yilishi kutilmoqda”, deb aytdi Linch Tsyurixda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida va boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
AQSh Adliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, FIFA amaldorlari 24 yil ichida 150 mln dollar miqdorida pora olganlar. Ayblovlar tashkilotning 14 nafar sobiq va amaldagi xodimlariga qo‘yilgan.