Jahon | 00:57 / 15.09.2015
2663
2 daqiqa o‘qiladi

Arnold Shvartsenegger AQShdagi teleshouda Trampning o‘rniga boshlovchilik qiladi

Gollivudlik mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger AQShda namoyish qilinadigan “O‘quvchi” teleshousida milliarder Donald Trampning o‘rniga boshlovchilik qiladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Tramp AQSh prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lgani tufayli ko‘rsatuvni tark etayotgan ishtirokchini tanlashda “Siz bo‘shatildingiz” degan so‘zlarni aytishi bilan mashhur bo‘lgan shouda suratga tusha olmasligini ma'lum qildi.

Shvartsenegger shouning 2016/17 yillardagi mavsumini olib boradi. Shou efirga uzatiladigan NBC telekanalida Shvartsenegger ko‘rsatuvga “yangi qarash” olib kelishi ta'kidlab o‘tildi. Shouda turli mashhur insonlar birgalikda turli biznes-vazifalarni bajarib, xayriya uchun pul to‘playdilar.

Jangari filmlar yulduzining ta'kidlashicha, u “O‘quvchi” ko‘rsatuvi va “shouda biznes va jamoaviy ishdagi sinovlar va yutuqlar qay tarzda ko‘rsatilishining” katta muxlisi hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish