16:06 / 15.09.2015
3557

YeChLning yangi mavsumidagi ilk turning birinchi kun o‘yinlari uchun anons

Bugun Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining yangi mavsumiga start beriladi. 15 sentabr oqshomiga to‘rtta guruhdagi 8ta o‘yin belgilangan.

D guruhi
Manchester Siti (Angliya) - Yuventus (Italiya)

Bugungi o‘yinlar orasidagi eng markaziy uchrashuv Angliyada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Manchesterda o‘tgan mavsum finalchilari bo‘lmish "Yuventus" yangi mavsumda yuqori darajadagi o‘yinlarni namoyish etayotgan "Manchester Siti" mehmoni bo‘ladi.

Bu o‘yin arafasida Italiya bosh vaziri Mateo Rintsi "Yuventus"ga omad tiladi.

Shuningdek, turinliklar darvozaboni Buffon "Siti" "Yuventus" uchun ilk turdayoq jiddiy sinov bo‘lishi haqida aytgan.

"Manchester Siti" safida bu o‘yinda Aguero va Silva maydonga tusha olmasligi mumkin. Pellegrini jamoaning yangi xaridlari Rahim Sterling va Kevin de Bryuynega ishonch bildirishi mumkin.

 

Sevilya (Ispaniya) - Borussiya M (Germaniya)

"O‘lim guruhi" sifatida e'tirof etilgan guruhidan o‘tgan yilgi Yevropa Ligasi g‘olibi "Sevilya" va o‘tan mavsumda Germaniya chempionatini kuchli uchlikda yakunlagan "Borussiya M" jamoalari ham o‘rin olishgan. Bu o‘yinda "Sevilya"ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

A guruhi
Real Madrid (Ispaniya) - Shaxtyor (Ukraina)

Turning yana bir qiziqarli uchrashuvi Madridda, "Real" va "Shaxtyor" o‘rtasida o‘tishi kutilmoqda.

Bu o‘yin telekanali orqali jonli ravishda translyatsiya qilinadi.

Qayd etish kerakki, Benites boshqaruvidagi yangi "Real" Ukrainadagi mojarolar tufayli kuchsizlangan "Shaxtyor"ga qarshi katta ustunlikka ega deb hisoblanmoqda.

PSJ (Fransiya) - Malmyo (Shvetsiya)

Fransiyaning PSJ jamoasi bugun Shvetsiyaning "Malmyo" jamoasini qabul qiladi. Bu uchrashuvdan oldin mezbonlar ustozi Loran Blan jamoasi o‘z oldigan YeChLda g‘olib chiqish maqsadini qo‘ygani haqida aytdi.

Bu o‘yinda Zlatan Ibrohimovich o‘zining ilk jamoasi "Malmyo"ga qarshi o‘ynashi mumkin.

V guruhi
PSV (Gollandiya) - Manchester Yunayted (Angliya)

Shuningdek, Lui van Gaal boshchiligidagi "Manchester Yunayted" jamoasi "PSV" Eyndxoven bilan o‘ynaydi. Muxlislar bir muddatlik tanaffusdan keyin katta maydonga qaytayotgan "qizil iblislar"ning YeChLda ishtirokini katta qiziqish bilan kutmoqda.

Qolaversa, bu o‘yinda "MYu"ning yangi xaridlaridan biri Memfis Depay o‘zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Volfsburg (Germaniya) - TsSKA (Rossiya)

Bu guruhning yana ikki vakili bo‘lmish Moskvaning TsSKA klubi va Germaniyada "Volfsburg" jamoalari ham bugun o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi. Nemislar mavsum arafasida kuchsizlangan bo‘lsada, hozircha avvalgidek kuchli o‘yin namoyish etishmoqda va turnir jadvalida "Borussiya D" hamda "Bavariya"ni ta'qib qilmoqda.

S guruhi
Galatasaroy (Turkiya) - Atletiko Madrid (Ispaniya)

Turkiyada o‘tadigan "Galatasaroy" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga ham qiziqish yuqori. Simnone bu o‘yinda o‘zlariga qarshi butun Turkiya qarshi o‘ynashi haqida fikr bildirib o‘tgan.

Benfika (Portugaliya) - Astana (Qozog‘iston)

Turklar va ispanlar bilan bitta guruhdan joy olgan "Benfika" va Qozog‘istonning "Astana" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda mezbonlarning qo‘li baland kelishiga hech kim shubha qilmayapti. Lekin, "Astana" ham turnirga tasodif tufayli tashrif buyurmaganini isbotlamoqchi.

P/S. Bugungi barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanishi belgilangan.

Top