Jahon | 19:18 / 15.09.2015
1967
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook muhojirlarga qaratilgan salbiy izohlarni o‘chiradi

Facebook kompaniyasi Germaniya Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqda ksenofobiya (xorijlik va notanish kishilardan qo‘rqish) va irqchilik kayfiyatiga qarshi kurash olib boradi, deya xabar berdi Wall Street Journal.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan muhojirlarning ommaviy ravishda Germaniyaga ko‘chib kelayotgani natijasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i ksenofobiya va irqchilik kayfiyatidagi izohlar to‘lib-toshdi. Shuningdek, ko‘plab foydalanuvchilar Germaniyaning mamlakat hududiga chet elliklarning erkin kirib kelishi borasidagi siyosatini muhokama qilishmoqda. Shu munosabat bilan Adliya vaziri Xayko Maas Facebook vakillari bilan qonunga zid izohlarni aniqlab, ularni o‘chirish bilan shug‘ullanuvchi guruh tashkil etish to‘g‘risidagi kelishib oldi.

Shuningdek, Facebook qochqinlar manziliga qaratilgan noxush izohlarni o‘chirish jarayonini tezlatish maqsadida qonunga zid kontentlarga bildirilgan shikoyatlar haqidagi axborotlarni yig‘uvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish