Jamiyat | 09:53 / 15.09.2015
5808
1 daqiqa o‘qiladi

Femen harakati faollari musulmon tadbirida kaltaklanishdi

Fransiyaning Pontauze shahrida Femen harakati faollari ayollarning islomdagi o‘rniga bag‘ishlangan anjumanga xalaqit berishga urinishlari uchun kaltaklandi. Yarim yalang‘och ishtirokchilardan biri sahnada nutq so‘zlayotgan paytda sahnaga otilib chiqib, arab va fransuz tillarida qandaydir shiorlarni baqira boshlashgan

Noxush holatni tezda bartaraf qilingan, biroq anjumanning ba'zi ishtirokchilari faollarga nisbatan jismoniy kuch qo‘llashgan.

Femen harakati Ukrainada vujudga kelgan. Uning faollari yarim yalang‘och ko‘rinishda siyosiy aksiyalar o‘tkazishadi. Harakat 2012 yilda Fransiyada ro‘yxatdan o‘tgan va yana bir qator davlatlarda tashkilotning filiallari mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish