Jahon | 17:03 / 15.09.2015
3138
1 daqiqa o‘qiladi

Guardian: 2012 yilda G‘arb Rossiyaning Asadni hokimiyatdan chetlashtirish haqidagi taklifini rad etgan edi

Rossiya 2012 yildayoq G‘arb davlatlariga Suriyada Bashar Asad rejimiga tinchlik kelishuvi doirasida chek qo‘yishni taklif qilgan edi, ammo yevropaliklar bu taklifni rad qilishgan. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.

3 yil muqaddam Vitaliy Churkin tomonidan Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha taklif qilingan bu reja 3 punktni o‘z ichiga olgan. Finlyandiyaning sobiq prezidenti, Nobel mukofoti sovrindori Martti Axtisaarining nashrga bergan intervyusida aytilishicha, ulardan birida Asadga muxolifat bilan muzokaralar olib borgach, hokimiyatni bo‘shatib berish tavsiya qilingan edi.

Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya Asad rejimining isyonchilar tomonidan qulatilishiga shu qadar ishonganki, Rossiyaning taklifini qabul qilmagan.
“Bu taklif 2012 yili yo‘qotilgan imkoniyat bo‘ldi”, - xulosa qildi maqola muallifi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish