19:06 / 15.09.2015
5140

Guardian: Uch kundan buyon Manchester qamoqxonasi tomidagi qotilni tushira olishmayapti

Angliyaning Manchester shahridagi Strangeways qamoqxonasi mahbusi Styuart Xornerni yakshanba kunidan buyon tom ustidan tushira olishmayapti, deya yozmoqda The Guardian nashri.

O‘z amakisining qotilligi uchun 27 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Xorner qamoqxonadagi sharoitlarning yomonligini aytib tinimsiz baqirmoqda, shuningdek, u bilan muzokara olib borayotganlarga 40 kechayu 40 kunduz tom ustida qolib, o‘ziga xos rekord o‘rnatish va “qamoqxona tarixini o‘zgartirish” niyatida ekanini bildirgan.
Xornerni pastga tushishga ko‘ndirish samara berayotgani yo‘q. U qamoqxona tomi bo‘g‘otlari bo‘ylab aylanib, oynalarni sindirmoqda.

Jazoni ijro etish muassasasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, qamoqxonaga eltuvchi asosiy yo‘llar bekitilgan. Mahbusning qochib ketishga urinishi amalga oshmadi va uning qamoqxona ichkarisiga ixtiyoriy kirishi uchun muzokaralar davom ettirilmoqda.

Top