Sport | 21:53 / 15.09.2015
5352
2 daqiqa o‘qiladi

Ixtiyor Rashidov: Sardor pulni emas, saviyani o‘yladi

O‘zbekistonlik yosh iste'dodli futbolchi Sardor Rashidov o‘zining sport karerasini belgilashda ko‘proq pul topishni emas, balki yuqori saviyaga chiqish haqida ko‘proq o‘yladi. Bu haqda futbolchining otasi Ixtiyor Rashidov aytib o‘tdi.

“Sizni ishontirib aytamanki, Sardor pulni birinchi o‘ringa qo‘ymadi, – dedi u “Darakchi” nashriga bergan intervyusida. – Agar pulni qo‘yganida u faoliyatini avvalroq boshqa davlatda davom ettirishga rozilik bildirgan bo‘lardi. Chunki unga judda katta maoshli taklif tushgan edi”.

Bundan tashqari, Ixtiyor Rashidov Fransiyaning “Nant” jamoasidan taklif tushganini tasdiqladi: “Chindan ham bu klubdan taklif bo‘ldi. Qolaversa, shartnomani imzolashga ham yaqin turgandik. Biroq Yevropada transfer siyosati biroz boshqacharoq bo‘lganligi tufayli bu amalga oshirilmadi”.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Sardor Rashidov Qatarning “Al-Jaish” jamoasi tarkibida to‘p surmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish