Fan-texnika | 14:12 / 15.09.2015
4217
1 daqiqa o‘qiladi
Jaguar’ning birinchi krossoveri 19 m li aylan bo‘ylab harakat qildi
Frankfurt avtosaloni arafasida Jaguar’ning birinchi krossoveri – F-Pace Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. U 19.08 m li aylana bo‘ylab harakatlandi. Tryuk amalga oshirilgan paytda mashinani britaniyalik kaskadyor Terri Grant boshqarayotgan edi.
Aytilishicha, kompaniya bozorga dastlab F-Pace’ning First Edition nomli versiyasini chiqaradi. Bunday avtomobillardan jami 2000 dona teriladi. Ular 6 silindrli 380 kuchli benzinli motor yoki 3 l li 300 kuchli V6 dizelga ega bo‘ladi.