20:08 / 15.09.2015
6544

Joze Mourinyu: Ahmoqona savol bermasdan Google'ni ochib tekshirib ko‘ring

"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Makkabi"ga qarshi kechadigan YeChL 1-tur uchrashuvi oldidan jurnalistlarning keskin savollariga javob qaytardi.

Portugaliyalik mutaxassisning "uchinchi mavsum sindromi" savolidan jahli chiqib ketdi.

"Mening "Portu"dagi uchinchi mavsumimni bir ko‘ring - unaqasi bo‘lmagan. "Inter"dagi uchinchi mavsumni ko‘ring. U ham bo‘lmagan. 

Ilk bora "Chelsi"dagi uchinchi mavsumda men Angliya kubogi va Liga kubogini yutib oldim. YeChL yarim finalida o‘ynadim. 

"Real"da bo‘lsa, uchinchi mavsumda Superkubokni yutdim. YeChL yarim finaliga yetib bordim. Mana shularning hammasi mening uchinchi mavsumlarim hisoblanadi. 

Ahmoqona savol bermasdan Google'ni ochib tekshirib ko‘ring. Yoki shunchaki, Internetda izlanish olib boring", - dedi Mourinyu.

Manba: uff.uz

Top