12:08 / 15.09.2015
2355

Loran Blan: «PSJ» ham boshqa grandlar qatori YeChLda g‘olib bo‘lishni yutishni istaydi

"PSJ" bosh murabbiyi Loran Blan Chempionlar ligasi doirasida "Malmyo"ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z jamoasini boshqa kuchli klublar qatoriga qo‘shdi va YeChLda g‘olib chiqishni maqsad qilganini bildirdi.

"Biz uchun g‘alaba qozonish juda muhim. Biz ham boshqa grand klublar qatori YeChLda g‘olib chiqishni istaymiz.

Hammasi ertaga bo‘ladigan o‘yindan boshlanadi. "A" guruhida ikki yetakchi bor - "PSJ" va "Real". Ammo guruhdan chiqish uchun har bir o‘yinda katta kuch sarflashga to‘g‘ri keladi.

"Malme"ning ham o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari bor. Men avval ham shvedlarning ko‘plab o‘yinlarini kuzatganman, ayniqsa "Seltik"ka qarshi o‘yinlarda. Ular jismoniy jihatdan kuchli bo‘lishadi va taslim bo‘lish haqida o‘ylashmaydi - deydi Blan.

U ushbu o‘yinda o‘z jamoasidagi boshqa bir shved futbolchisi Zlatan Ibrohimovichning maydonga tushishi masalasiga oydinlik kiritmagan.

Top