Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko: Belarus Tojikistonga tinchlikni saqlash uchun kurashda yordam beradi
Belarus Respublikasi Tojikistonga mamlakatda tinchlik va xavfsizlikning ta'minlanishi uchun ko‘mak ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi, deya xabar tarqatdi Tojikiston prezidetni matbuot xizmati.
“Biz Tojikiston xalqiga har qanday vaziyatda yordam berishga tayyormiz”, – dedi Lukashenko.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar 2020 yilgacha bo‘lgan davrda hamkorlikni rivojlantirish davlatlararo dasturini samarali tarzda amalga oshirish zaruriyati bo‘g‘risida ham suhbatlashib olishdi. Jumladan, Ikki davlat hamkorligida ishlab chiqarish korxonalari va Tojikistonda texnologik majmualar tashkil etishga kelishib olindi.