16:55 / 15.09.2015
2842

Obama Varufakisga zohidlik haqida gapirib berdi

Gretsiyaning sobiq moliya vaziri Yanis Varufakis iqtisodiy zohidlikni “bo‘lmag‘ur narsa” deb atadi. Ta'kidlashicha, bu haqda unga AQSh prezidenti Barak Obama aytgan.

Gretsiya moliya idorasining sobiq rahbari 5 sentabr kuni Londonga tashrif buyurib, “Kelajagimiz uchun kurash: Qattiqqo‘l iqtisodiyot, gumanitar fojia va bozorlar qulashining muqobili” nomli jamoat muhokamalarida ma'ruzalar bilan ishtirok etdi.

“Menda yangilik bor, zohidlik bo‘lmag‘ur narsadir. Bu haqda menga Oq Uydaligimda Barak Obama aytib bergan edi. Bu unchalik prezidentchasiga eshitilmaydi, lekin bu haqiqat”, - uning so‘zlarini keltiradi Business Insider.

Top