O‘zbekiston | 22:35 / 15.09.2015
4509
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta'lim vazirligi: kontrakt pulining 40-60 foizi stipendiyalar uchun sarflanadi

Hozirgi kunda O‘zbekistonning oliy ta'lim muassasalarida stipendiyaning o‘rtacha miqdori 300 ming so‘mni yoki yiliga 3.6 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumki, joriy yilning 1 sentabridan OTMlarda tahsil olish uchun to‘lov kontraktlari 15 foizga oshirildi. Bunday qarorni izohlarkan, vazirlik vakillari bu pullarning 40-60 foizi talabalarga stipendiya to‘lashga sarflanishi ma'lum qildi.

“Hozirgi vaqtda stipendiyaning o‘rtacha miqdori 300 ming so‘mni yoki yiliga 3.6 mln so‘mni tashkil etadi va u o‘qitish qiymati kontrakt miqdoriga to‘liq kiritiladi. Bunda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining 40-60 foizini stipendiya tashkil etadi, ya'ni talabalarga o‘zi tomonidan o‘qish uchun to‘langan mablag‘ning taxminan yarmi o‘quv yili davomida oylik stipendiya ko‘rinishida qaytariladi. Bu mexanizm talabalarning o‘qishiga ziyon keltirgan holda pul ishlashga vaqt sarflamasdan butun diqqat-eʼtiborlarini ta'lim olishga qaratishlariga imkon yaratadi”, - deyiladi izohda.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalarida o‘qitish narxlari MDH va ko‘pgina xorijiy davlatlardagidan arzonroqdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish