Jahon | 16:13 / 15.09.2015
3256
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Asad Suriya hukumatiga muxolifatni jalb qilishga tayyor

Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXShTning Dushanbedagi kengaytirilgan yig‘ilishi chog‘ida qilgan chiqishining asosiy qismini Suriyadagi voqealarga bag‘ishladi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyatga to‘xtalar ekan, prezident Bashar Asad mamlakatni boshqarishga muxolifatni ham jalb qilishga tayyorlagini ta'kidladi.

“Inqiroz paytida Suriyadagi o‘zgarishlar haqida o‘ylash kerak, - uning so‘zlarini keltiradi RBK nashri. – Moskva bundan keyin ham Damashqqa yordam ko‘rsatishda davom etadi”.
Ilgariroq AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi Rossiya, AQSh va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Sergey Lavrov Suriyada hokimiyat tepasidagi siyosiy kuchlarning o‘zgarishi mumkinligiga qo‘shilganini ma'lum qilgan edi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu gaplarni sharhlar ekan, Rossiya “rejimlarni o‘zgartirish bilan” shug‘ullanmasligini ta'kidlagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish