Jahon | 18:50 / 15.09.2015
2558
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada neft eksporti boji 1 oktabrdan 16,2%ga kamaytiriladi

2015 yilning 1 oktabridan boshlab Rossiya Federatsiyasining neft eksporti boji 16,2 foizga kamaytirilib, bir oy muqaddamgi bir tonna uchun 109,2 dollar o‘rniga 91,5 dollar etib belgilandi.

Rossiya Moliya vazirligining soliq va bojxona-tarif siyosati departamenti yetakchi eksperti Aleksandr Sakovichning TASSga xabar qilishicha, o‘tgan oyda neftning o‘rtacha bahosi bir barrel uchun 45,32225 yoki bir tonnasi uchun 373 dollarni tashkil etgan.
Sakovich so‘zlariga ko‘ra, bir qator neft konlari uchun imtiyozli eksport solig‘i nol darajada qolgan. Yuqori qayishqoqli neft uchun imtiyozli eksport solig‘i esa kelgusi oydan sentabrdagi 13,7 foiz o‘rniga 11,3 foiz darajasida bo‘ladi.

Shuningdek, boj miqdori sotishga mo‘ljallangan benzin uchun 71,3 dollar, rangli neft mahsulotlari va yog‘lash uchun moylar uchun 43,9 dollar, qora neft mahsulotlari (moy va kokssiz) uchun 69,5 dollar, koks uchun 5,9 dollar belgilandi. Siqilgan uglevodorod gazlari uchun esa esa eksport boji to‘lanmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish