Jahon | 05:56 / 15.09.2015
2533
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning Rossiyadagi elchisi Suriya hududida rossiyalik harbiylar borligi haqidagi ma'lumotni inkor etdi

Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyoz Haddod Suriya hududida rossiyalik harbiylar borligi haqidagi ma'lumotni inkor etdi.

“Biz 30-40 yildan beri Rossiya bilan turli sohalarda, jumladan harbiy sohada hamkorlik qilib kelamiz. Biz, kurol, harbiy texnika olamiz, buning barchasi davlatlarimiz o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarga ko‘ra amalga oshiriladi... Biroq sizning (rossiyalik) harbiylarning Suriyadagi borligi haqidagi ma'lumot AQSh va xorijiy davlatlar tomonidan tarqatilayotgan yolg‘ondir”, deb aytdi Haddod “Rossiya 24” telekanali efirida.     

Biroq avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyada rossiyalik harbiylar borligini tasdiqlagan edi.

AQSh Mudofaa vazirligi Rossiya texnikasi va harbiylarning Suriyada harakatlanishi Rossiyaning Suriyaning Latakiya shahrida ilg‘or aviabazani joylashtirish bo‘yicha rejalarini anglatishini ta'kidlagan edi. AQSh, shuningdek, Rossiyani Suriyada tanklar joylashtirishda ayblagan.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish