20:05 / 15.09.2015
2753

Tojikistonda sanoat ishlab chiqarishning 13 foizlik o‘sishi qayd etildi

Tojikiston sanoat korxonalari tomonidan joriy yilning 8 oyida 7,2 mlrd somoniylik (joriy kurs bo‘yicha 1,1 mlrd dollardan ko‘proq) mahsulot ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13,3 foizga oshdi, deb xabar bermoqda Tojikiston prezidenti huzuridagi statistika agentligi.

Sanoat mahsuloti hajmining o‘sishi to‘qimachilik va tikuvchilik ishlab chiqarishi, teri, teri mahsulotlari va poyafzal ishlab chiqarish, yog‘ochni qayta ishlash va yog‘ochdan mahsulotlar ishlab chiqarish, qog‘oz ishlab chiqarish, matbaa va bosmaxona faoliyati, kimyo, boshqa nometall mineral mahsulotlar, metallurgik va tayyor metall mahsulotlar, elektr energiya ishlab chiqarish bilan bog‘lanmoqda.

Shu bilan birga konchilik sanoatidagi o‘sish ko‘mir, noruda materiallar qazib olinishi hisobiga oshdi.

Top