21:37 / 15.09.2015
2631

Tojikistonga yil boshidan beri 24,5 mln dollarlik gumanitar yordam yetkazildi

Tojikiston avgust davomida 1,8 mln dollarlik gumanitar yordam oldi, deb xabar bermoqda Tojikiston prezidenti huzuridagi statistika agentligi.

Yil boshidan beri Tojikistonga 24,5 mln dollarlik gumanitar yordam yetkazildi. 10 ming tonnalik ushbu yordam dunyoning 36 ta davlati tomonidan taqdim qilindi.

Tojikistonga gumanitar yordam bergan davlatlar orasida qiymati bo‘yicha eng katta yordam Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yordam 34,7 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, Tojikistonga Niderlandiya, Daniya, BAA, Rossiya, Afg‘oniston, Avstriya, Xitoy, Hindiston, Latviya, Eron, Kuvayt, Fransiya, Norvegiya va yana 22 ta davlat tomonidan yordam ko‘rsatildi.

Top