O‘zbekiston | 17:31 / 15.09.2015
15830
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida yangi propiskadan o‘tgan fuqarolarning uy ololmayotgani bo‘yicha qilingan shikoyatlarga javob berildi

Toshkent shahrida propiskadan o‘tganiga uch yil bo‘lgan ayrim fuqarolar shahar hududidan uy sotib ololmayotgani aytib, ommaviy axborot vositalariga shikoyat qilmoqda. Jumladan, 2012 yili propiskani rasmiylashtirgan fuqarolardan biri “Darakchi” nashriga shikoyat xatini yozib, notarial idoralar uy oldi-sotdisini rasmiylashtirishdan bosh tortayotganini ma'lum qildi. Bu savolga IIV xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i B. Shorixsiyev javob berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan edi, – dedi u. – Bugungi kunda IIV tomonidan normativ huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritilayotganligi sababli ushbu masala o‘z yechimini topganidan so‘ng, siz tuman IIB pasport bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish