Jahon | 19:25 / 15.09.2015
4237
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Isroilni Quddusdagi Muqaddas tog‘da ig‘vogarlik qilishni bas qilishga chaqirdi

Turkiya Isroilni Quddusdagi Muqaddas tog‘da joylashgan Al-Aqso masjidlar majmuasida “ig‘vogarlik qilishni zudlik bilan bas qilishga” chaqirdi. Bu haqda jurnalistlarga Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Qalin ma'lum qildi

“Biz o‘zining “ezgu niyatlarini” qanday ekanligini namoyish qilgan Isroilning harakatlarini keskin qoralaymiz. Al-Aqsoni bosib olishga har bir urinish olov bilan o‘ynashish demakdir. Afsuski, isroillik harbiylar tomonidan musulmonlar uchun masjidga kirishning to‘sib qo‘yilishi oqibatida o‘nlab odamlar jabr ko‘rdi”, deb ta'kidlamoqda Qalin.

Qalinning aytishicha, Isroil rahbariyati shu tariqa majmuaga vaqtinchalik kirishni cheklash maqsadida uning qismlari ustidan nazorat o‘rnatishga intilmoqda. “Shu tariqa ular u yerga ekstremistik kayfiyatdagi yahudiylarning kirishlarini qonuniylashtirishga urinishmoqda”, deb aytdi Qalin.

Arablar va Isroil politsiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar uchinchi kun davom etmoqda. Muqaddas tog‘dagi betartibliklar 13 sentabr ertalabki payt niqob kiyib olgan arab yoshlarining bir guruhi isroillik huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonga toshlar va feyyerverklar uloqtirishgandan keyin boshlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish