17:11 / 15.09.2015
2175

Turkiya yaqinida muhojirlar kemasi halokatga uchrashi tufayli halok bo‘lganlar soni 22 nafarni tashkil qildi

14 sentabr kuni O‘rta Yer dengizi hududida Gretsiya tomon suzib ketayotgan kema Turkiya qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchradi. 15 sentabr kuni tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, bu halokat natijasida qurbon bo‘lganlar soni 22 nafarni tashkil qildi.

Halok bo‘lganlar orasida norasida bola ham bo‘lgani aytilgan. Turkiya sohilbo‘yi xizmati qutqaruvchilari suvdan 211 kishini qutqarib olishgan. Qutqaruv amaliyoti deyarli 5 soat davom etgan.

Ma'lum qilinishicha, 14 sentabr tongida Turkiya qirg‘oqlari yaqinida Gretsiyaga tegishli Istanka orolida cho‘ka boshlagan yog‘och kemada 250 nafar atrofida yo‘lovchi bo‘lgan.

Top