18:02 / 15.09.2015
2015

UYeFA Kosovo FFni o‘z tarkibiga qo‘shish masalasi bo‘yicha 17 sentabr kuni qaror qabul qiladi

Yevropa futbol assotsiatsiyalari kengashi (UYeFA) payshanba, 17 sentabr kuni Kosovo futbol federatsiyasini tashkilot tarkibiga qo‘shish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino ma'lum qildi.

Ijroqo‘m yig‘ilishi 17-18 sentabr kunlari Maltada bo‘lib o‘tadi. «Kosovo FF bergan arizani ko‘rib chiqish ham kun tartibidan o‘rin olgan», - deya xabar beradi Infantino.

Kosovo futbol federatsiyasi Fadil Vokrrining qayd etishicha, uning tashkiloti UYeFAga qo‘shilish uchun ajoyib imkoniyatga ega. «UYeFA Kosovo bilan bog‘liq muammoni hal qilishda bosh-qosh bo‘lishga xohish bildirdi», - deydi u.

Kosovo UYeFAning to‘liq a'zosi bo‘lishi esa an'anaviy tarzda o‘tkaziladigan UYeFA kongressida (2016 yilning mart oyida Budapeshtda bo‘lib o‘tadi) aniq bo‘ladi.

Top